28/07/2026
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” hamda “Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi” doirasida Navoiy viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati boshlig’i tomonidan joylarda o’rganishlar amalga oshirildi. Dastlab, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlari bilan xizmatoldi yo‘riqnomalar o‘tkazildi. Jamoat tartibini saqlash, hamkorlikdagi kuch vositalar bilan aloqa o‘rnatish, har bir chaqiruvga tezkorlik bilan yetib borish lozimligi ta’kidlandi. Shundan so’ng, qo‘riqlovdagi ob’yektlarda xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat faoliyati tekshirilib, yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi. Xizmatni o’tash chog’ida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari tushuntirildi.