25/12/2021
Biznesda DIQQATNI jamlay olmaslik!
🤔 Ushbu muammo biznesning barcha bosqichidagi kishilarda uchrab turishi sir emas. Sabab nimada?
⚠️" Bajarilgan ishlar haqida emas, kelajakdagi ishlar, yangi g'oyalar haqida haddan ortiq ko'p o'ylashingizda"!
Buni bartaraf qilishning bir qancha usullari mavjud:
💠 Oldindagi vazifalarni tahlil qiling. 3 ta daraja bo'yicha ajrating va shu bo'yicha ishlaringizni rejalashtiring:
A)Eng muhim (zudlik bilan bajarilishi lozim)
B) O'rta muhim (bajarishingiz kerak, ammo shoshilinch emas)
C) Unchalik muhim emas (bajarish yoki bajarmaslik tanlovi bor)
Bu bilan siz nafaqat ish unumdorligini oshirasiz, balki "time management", ya'ni vaqtni to'g'ri taqsimlashni ham o'rganasiz.
💠 O'zingizga ishoning! Kichik ishni uddalay oldingizni, kattarog'i ham albatta qo'lingizdan keladi. Shunchaki biroz ko'proq harakat va aniqlik bilan ishlashingiz lozim.
💠 Diqqatni jamlay olmasligingizga kuchli charchoq sabab bo'lsa, albatta dam oling. Shundan so'ng yangicha g'oyalar va katta qiziqish bilan biznes mashinangizning "gaz" ini bosasiz😉
📈 Grow Marketingni kuzatishda davom eting!
uzz