Zabihulloh Marketing

Zabihulloh Marketing Digitak marketologman

ChatGpt haqida ko'pchilik esh*tgan, menimcha. Lekin uni hayratlanarli xususiyatlari haqida ham esh*tganmisiz?🚀 2 oy ichi...
02/03/2023

ChatGpt haqida ko'pchilik esh*tgan, menimcha. Lekin uni hayratlanarli xususiyatlari haqida ham esh*tganmisiz?

🚀 2 oy ichida 100 mln foydalanuvchi yig'ishga erishdi.

âž• Foydaliligi: Juda tez muddatda siz uchun ssenariy, g'oya, maqola va hokazolarni yozib bera oladi. To'g'ri savol bera olsangiz yaxshi javob ololasiz.
Misol uchun: Men ChatGptdan loyiham uchun 3 ta video uchun g'oya yozib berishini so'radim va 2 daqiqada g'oya tayyor bo'ldi. Ba'zi joylarini o'zgartirib, moslashtirib syomka qilindi, natija yaxshi )

1 savolga "Regenerate response" tugmasi orqali qayta-qayta javob olsa bo'ladi.

âž– Minuslari: U baribir robot, maqola yozayotganda Tone of voice bilan yozolmaydi, video uchun idealari trendlarga mos kelmaydi. Sun'iy intellekt bo'lsa-da hali hamon kitoblardan internetdan ma'lumotlarni qayta ishlab jo'natadi, eng so'nggi ma'lumotlar bo'yicha ishlay olmasligi mumkin.

Qaysi kasblar yo'q bo'ladi? Bu savolga aniq javob berib bo'lmasa-da keling, SI (Sun'iy intellekt) o'zi bergan javobni taqdim etaman. SI mehnat bozoriga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi. 🪓

1. Kopirayterlar - SI maqola yoza oladi. Yaxshi kopirayter SI bilan yanada takomillashib gibrid ishchi kuchiga aylanadi. Oddiy kopirayterlar esa boshqa sohaga o'tganlari ma'qul (

2. Ishlab chiqarish liniyalari - bu borada robotlar ishlaydi hozir ham, kelajakda yanada qulayroq, tezroq va sifatliroq bo'ladi.

3. Kontentmeykerlar - SI g'oya yarata oladi, lekin uni qayta ishlashga muhtoj (hozircha). Yaxshi kontentmeyker SI bilan yangi, kuchli g'oyalarni tuzadi..

4. Ma'lumotlarni qayta ishlovchilar - SI o'zi ma'lumotlarni topib, joylab va qayta ishlab yana taqdim eta oladi.

🥲 ChatGpt'ga O'zbekiston xududidan turib kirib bo'lmaydi. Aylanma yo'llar bilan ro'yxatdan o'tish haqida maqola tayyorlaymi?

25 ta 🔥 bo'lsa ro'yxatdan o'tish haqida post chiqadi.

Foydali bo'lsa ulashing!

Barcha SMM menejerlar va Marketologlar 5 ta oddiy xatoga yo'l qo'yadi. (3-si sizni shokka tushirishi aniq)Agar siz ham s...
24/01/2023

Barcha SMM menejerlar va Marketologlar 5 ta oddiy xatoga yo'l qo'yadi.
(3-si sizni shokka tushirishi aniq)

Agar siz ham shu sohada bo'lsangiz, bu xatolarni bilishingiz kerak!

Ha, siz bu xabarga ishonmadingiz. Lekin davomini o'qishga qiziqish uyg'ota oldi, to'g'rimi?

Reklamaning ayni vazifasi ham shunda. Reklamaning vazifasi mahsulotni sotish emas, reklamaning ustiga bosishga erishishdir.

Shuningdek tepadagi sarlavha ham sizni, matnni o'qishga undash uchun biroz bo'rttiriladi. Lekin bu yolg'on bo'lmasligi kerak. Siz matn davomida rostdan ham 5 ta xato haqida aytishingiz kerak. Yolg'on va bo'rttirmaning farqi shunda.

Endi esa o'zgartirilgan farqlarga e'tibor bering. 👇

1. Ko'p sonli marketologlarning xatolari

2. Marketologlar doimo yo'l qo'yadigan 5 xato. Ulardan 3-si sizni shokka tushirishi aniq.

P/S: KFC reklamasida ham mahsulotlar rasmi bannerga nisbatan katta ko'rsatiladi. Hech qanday aldashmaydi. Hammasi miyamizda shakllanadi )

👉 Zabihulloh - Marketing haqida blog!

Cashback'ning kuchiKompaniyalar mijozlarining sodiqliklariga erishish uchun bu tizimni taqdim qilishadi. Bu yerda siz o'...
22/01/2023

Cashback'ning kuchi

Kompaniyalar mijozlarining sodiqliklariga erishish uchun bu tizimni taqdim qilishadi. Bu yerda siz o'sha kompaniya yoki ilovadan ko'proq foydalanib unga o'rganib qolishingiz, ularga nisbatan hurmatingiz oshishi uchun keshbeklar berishadi.

Odatda bu tizim boshida ishga tushiriladi va bora-bora kamaytirilib yoki umuman yo'q qilib yuboriladi. 🫠

Misol uchun: Siz do'konga, ilova orqali to'lov qilmoqchisiz. Sizda Click va Uzum Bank (Apelsin) dan to'lash imkoni bor. Interfeys birdek qulay, birdek hisobotlar hamma narsa deyarli o'xshash. Ana o'sha vaqtda Uzum Bank'da "Do'konga to'lov uchun 7% cashback" deb yozilgan. Qaysi birini tanlashingiz aniq)

P/S: O'zimda ham avtobus yoki biror ovqatlanish joyiga kirganimda Uzum Bank orqali to'lab, xuddi katta pul jamg'argandek hissiyot uyg'onadi. Bu esa kompaniyaga sodiqlikni oshiradi albatta.

*Rasm Uzum Bank ilovasidan olingan

👉 Zabihulloh - Marketing haqida blog!

Ipak Yo'li Bank'dan zo'r marketingSiz xohlagan dizaynni kartangizga tushirib berishar ekan. Tekinga emas albatta. Humo k...
18/01/2023

Ipak Yo'li Bank'dan zo'r marketing

Siz xohlagan dizaynni kartangizga tushirib berishar ekan. Tekinga emas albatta. Humo kartalari uchun 75.000 so'm qo'shimcha to'lov bilan )

Bunda 2 taraflama manfaat bo'lishi mumkin.

1. Reception'ga namunalarni ko'rsatib qo'yish orqali kartalar savdosini oshirish. Ko'p karta sotilgandan keyin ko'p foydalanish bo'ladi. Bu bankka foyda albatta.

2. Albatta qo'shimcha haq olinishi o'rtacha chek miqdorini oshiradi.

Lekin...

Recepton'dagi bank xodimidan kartalar haqida ma'lumot so'raganimizda "o'lganni kunidan" javob berdi. So'raganimizga javob berish bilan cheklandi. Ko'proq ma'lumot bermadi. 🥲

P/S: Yana qaysi banklarda shunaqa rasm tushirib berishadi kartaga? Izohlarda yozing! 👇

👉 Zabihulloh Marketing

Address

Tashkent
150031

Telephone

+998944901121

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Zabihulloh Marketing posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Zabihulloh Marketing:

Share