Yangi biznes ochish

Yangi biznes ochish Yangi biznes ochish

Xususiy biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning ikki usuli mavjud:1. Tashrif buyurgan holda. Roʻyxatdan oʻtkazishning mazkur t...
25/03/2023

Xususiy biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning ikki usuli mavjud:
1. Tashrif buyurgan holda. Roʻyxatdan oʻtkazishning mazkur turida siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etishingiz lozim, u yerda zarur hujjatlar toʻldirilganidan soʻng, sizga invoys beriladi, ushbu invoys raqami boʻyicha siz roʻyxatdan oʻtganingiz uchun davlat bojini toʻlaysiz.
2. Onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazish. Shuni hisobga olishingiz kerakki, biznesni onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar va bojlar miqdori umumiy summaning 50 foizini tashkil etadi.Onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va nomni egallab qoʻyish boʻyicha batafsil yoʻriqnomani siz quyidagi havola boʻyicha olishingiz mumkin:
https://fo.birdarcha.uz/reoYuqorida keltirilgan usullar orqali siz quyidagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin:
masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ);
yakka tartibdagi tadbirkor (YATT);
xususiy korxona (XK);
dehqon xoʻjaligi (DX);
va boshqalar.Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar va bojlarni toʻlash quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
toʻlov tizimlari orqali;
bank kassasi orqali;
bank-mijoz orqali.
Toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan soʻng, tizim roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi guvohnomani avtomatik tarzda shakllantiradi va elektron hujjatlar repozitoriysida saqlaydi.

Bugungi mavzumiz yangi biznes ochish va nimadan boshlash kerakligi haqida!Avvalo aniq maqsad tanlab olish kerek. Sizda b...
20/03/2023

Bugungi mavzumiz yangi biznes ochish va nimadan boshlash kerakligi haqida!
Avvalo aniq maqsad tanlab olish kerek. Sizda bu bo`yicha g`oya bo`lishi kerak. Hamda ko`proq daromad topish sxemasini ishlab chiqish zarur. Eng muhimi siz firmangizni asosiy yo`nalishi va iqtisodiy yo`nalishini va iqtisodiy turini aniqlab olishingiz kerak. Masalan qurilish loyihalarini bajaruvchi xususiy ko`rinishda bo`lishi kerak. Firmaning tashkil etilishini ta`sischilar amalga oshiradi. Shuning uchun yangi ochlayotgan firma ta`sischilari kimlar bo`lishini aniqlab oling.
Faoliyatimiz rejasi va ta`sischilari aniq. Endi esa ta`sis hujjatlarini yig`miz. Bu hujjatlar ta`sis shartnomasi va nizomdan iborat. Shartnomada, firmaning tarkibi va ish jarayonidagi ta`sischilarning huquq va majburiyatlari ko`rsatiladi. Nizomda esa, firmaning faoliyati va ichki tuzilish tamoyillari ko`rsatiladi.

Address

Toshkent
Tashkent
10000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yangi biznes ochish posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share