DR Marketing Agentligi

DR Marketing Agentligi XXI asrda sizni Biznesingiz Internetda yo'qmi, Demak siz Biznesda yo'qsiz

© Bill Gates

Samarali reklama uchun 7 qadam!Sizlarga John Caplesning samarali reklama uchun sinalgan 7 qadami haqida ma’lumot berib o...
12/08/2022

Samarali reklama uchun 7 qadam!

Sizlarga John Caplesning samarali reklama uchun sinalgan 7 qadami haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

1. Reklamangiz to‘g‘ri auditoriyaga qaratilganmi?
2. Taklifingiz yetarlicha kuchlimi?
3. Sotuv matningiz qiziqish uyg‘ota oladimi?
4. Narx to‘g‘ri pozitsiyada qo‘yilganmi?
5. Reklamangiz orqali ishontira olasizmi?
6. CTA to‘g‘rimi?
7. Reklamangizni ko‘riboq qaror qabul qila olishadimi?

Samarali reklama berishdan oldin ushbu qadamlarga to‘xtalib o‘ting.

Reklama natija olib kelmaydi!Quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsangiz, yaxshi natijalarni kutishingiz aniq xato bo...
03/08/2022

Reklama natija olib kelmaydi!

Quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsangiz, yaxshi natijalarni kutishingiz aniq xato bo‘ladi.

Kreativ. Reklamaga berayotgan rasm yoki videolaringiz sifatsiz, e’tiborni tortmaydigan va ushlab tura olmaydigan, mazmunsiz bo’lsa!

Taklif. Berayotgan taklifingiz kuchsiz, raqobatchilaringizning takliflaridan farqa qilmaydigan, oson rad etib bo‘la oladigan bo‘lsa!

Maqsad. Target yoqilganda belgilangan maqsad. Ya‘ni reklamangizni ko‘rgan mijozlar nima qilishi kerak.Saytga o‘tishi, ro‘yxatdan o‘tishi va hkzlar to‘g‘ri belgilanmagan bo‘lsa!

Auditoriya. Auditoriyangiz noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa! Sizning maqsadli auditoriyangiz kimlar?. Ularni aniq belgilab oling. Yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, qiziqshlari. Mijozingizning portretini tuzing.

Kuchli taklif, yaxshi yozilgan matn, to‘g‘ri tanlangan auditoriya, yaxshi kreativ reklamangizni samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Lekin, hali siz sotuvga
erishganingizcha yo‘q!

P.s. Post hali yakunlangani yo'q. Reklamangiz minglab likelar va izohlar to'plagani bilan, bank hisob raqamingizda o'zgarishlar bo'lmasa, demak reklama ish bergan deb aytolmaymiz, agarda sizning maqsadingiz shunchaki like va izoh to'plash bo'lmasa....

Ranglar psixologiyasiRanglar bizning his-tuyg'ularimizga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Va bu his-tuyg'ular bizni iste'molchi...
02/08/2022

Ranglar psixologiyasi

Ranglar bizning his-tuyg'ularimizga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Va bu his-tuyg'ular bizni iste'molchi sifatida qaysi birini sotib olish va sotib olmasligimizda ham katta ahamiyatga ega.

Nafaqat sotuv balki, brendga bo‘lgan munosabatlarda ham buni anglashimiz mumkin.

Keling, ranglar nimalarni anglatishi haqida qisqacha aytib ketsak.

Qizil - Ehtiros rangi, qizil rang ko'zni o'ziga jalb qiladi. Ba'zi taniqli brendlar ushbu rang bilan tanilgan. Ular mijozlarning qizil rangga bo'lgan javobini kapitalizatsiya qilishga qodir, bu hayajon va jasoratdir.

Sariq - Baxtning rangi, sariq veb-saytni iliq va do'stona qiladi. Bu sizning mijozlaringizga ijobiy narsalarni ko'rishga imkon beradi. Mijozlarga mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish va ulardan foydalanishda ta'sir qilishdan tashqari, sariq rang ota-onalar veb-saytlari va farovonlik veb-saytlari uchun ham rangdir.

Ko'k - Agar siz biznesni nazarda tutsangiz, biznesning rangi, ko'k - bu mashhur tanlov. Ko'zni tinchlantiradigan ranglardan tashqari, bu tanlangan va kompaniyangiz ishonchli va xavfsiz ishlashi mijozning ongiga singdirish qobiliyati tufayli afzalroqdir.

Yashil - Atrof-muhitning rangi, yashil rangni anglatish va targ'ib qilish uchun ishlatiladi sog'liq va farovonlik, jismoniy faoliyat, ekologik xavfsiz advokatlar va organik oziq-ovqat va materiallar. Ushbu rang brendlar uchun yashil mavzularda yoki sog'lom turmush tarzida mashhurdir.

Binafsha - Go'zallik va kuchning binafsha rangi qirollikni anglatadi. Veb-saytdagi binafsha rang yoki soyani ishlatadigan brend raqobatchilar orasida o'zining tengsiz qirralarini baqirishni xohlaydi.

Toʻgʻrilik - sarafan marketingning asosiy mohiyatiSarafan marketing o'zi nima?Sodda qilib aytganda bu sizning mijozlarin...
30/07/2022

Toʻgʻrilik - sarafan marketingning asosiy mohiyati

Sarafan marketing o'zi nima?

Sodda qilib aytganda bu sizning mijozlaringizning suhbati. Oddiy suhbat emas, ular sizning bepul reklamangiz desak ham bo’ladi.

Masalan siz nimadur sotib oldingiz. Va u haqida suhbatdoshingizga maroq bilan gapirib berdingiz.Bepul reklama. Natijada unda ham sotib olish fikri paydo bo‘ldi. Manashu sarafan uchun kichik bir misol desak ham bo‘ladi.

Tabiiy va samarali sarafan marketing ham gapirishdan o‘zini to‘xtatib tura olmaydigan mijozlar yordamida yuzaga keladi.

Siz ham shunchaki yaxshi xizmat ko‘rsatish, bepul sovg‘alar, doimiy mijozlar uchun aksiyalar kabi sarafan marketing qilishingiz mumkin. Lekin bular sarafan marketingning kichik bir qismi xolos.

Unutmang! Mamnun mijozlar sizning eng yaxshi reklamachilaringizdir.

Targerolog tanishlarimiz yoydalanadigan ba'zi so'zlarni ko'rib chiqaylik.Cost perr click - Reklamada berilgan  knopkani ...
28/07/2022

Targerolog tanishlarimiz yoydalanadigan ba'zi so'zlarni ko'rib chiqaylik.

Cost perr click - Reklamada berilgan knopkani bosilish
naxri ya`n bitta klik qanchadan tushishi anglatadigan
termin.

Cost per mille - Reklamani 1000 martta ko‘rilish narxi.

Click-through rate - Reklama orqali o‘tgan 1000 ta odam
narxi.

Klik - reklama uchun foydalanuvchilar tomonidan sizning
reklamangizdagi knopkani bosish soni.

Oxvat - bu kamida bir marta reklama ko'rsatilgan
foydalanuvchilar soni.

Retargeting - ilgari mahsulot yoki xizmat bilan o'zaro
aloqada bo'lgan foydalanuvchiga reklamalarni ko'rsatish.

Targeting - reklama beruvchining qo'ygan talablariga
javob beradigan maqsadli auditoriyaga reklamalarni
ko'rsatish.

Marketing bu tanishuvYa'ni, biznesingiz o‘z mijozlari bilan tanishishi, sizga nisbatan ishonch va muhabbatni uyg‘otishi ...
27/07/2022

Marketing bu tanishuv

Ya'ni, biznesingiz o‘z mijozlari bilan tanishishi, sizga nisbatan ishonch va muhabbatni uyg‘otishi uchun marketing kerak.

Odatda, birinchi muloqotning o‘zidayoq o‘ta iliq doimiy munosabatlarga erishish mushkul. Darhol sotuvni va daromadni so‘rasangiz, sizga nisabatan ishonchni yo‘qotishingiz mumkin.

Ishonch, Ishontiring, unga yordam bermoqchiligingizga, unga boshqalardan ko‘proq qiymat bera olishingizga ishontiring. Olishdan oldin albatta bering.

Aslida, biznesingizga doimiy mijozlar oqimini olib kelish uchun sizga yuqori sarmoya va olyab vaqt kerak emas. Shunchaki ularga boshqalardanda ko‘proq, yo‘q deya olmaydigan taklif bering.

Qisqacha tanishuv haqidagi kontentimiz foydali bo'lsa, hursandmiz.

Assalomu alaykum, azizlarDR Marketing bugundan Instagram tarmog'ida o'z faoliyatini boshlamoqda. Sahifamiz orqali sizlar...
26/07/2022

Assalomu alaykum, azizlar

DR Marketing bugundan Instagram tarmog'ida o'z faoliyatini boshlamoqda.

Sahifamiz orqali sizlarga marketingga oid foydali ma'lumotlar, yangi bilimlar, qiziqarli kontentlar berib borishga harakat qilamiz.

Ha, aytgancha biz
• SMM
• Targeting
• Marketing strategiyalari orqali sotuvlarni oshirish
• Grafik va moushn dizayn
• Biznes yoki shaxsiy brendingizni ijtimoiy tarmoqlarda rivojlantirish
kabi yo'nalishlarda faoliyat yuritamiz.

Sizga ham yordam bera olsak, biz bilan bog'laning.

DR Marketing Agentligi tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, kichik va o'rta biznes egalari uchun marketing xizmatlarini ...
24/08/2021

DR Marketing Agentligi tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, kichik va o'rta biznes egalari uchun marketing xizmatlarini taklif etadi.

Biznes boshladingiz, xo'sh u haqida kimlar biladi? Do'stlaringiz, oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz. Mijozlaringizchi? Bu kabi muammolar aynan biz uchun. Bizda aynan sizga kerakli yechim bor. Biz bilan bog'laning, barchasini hotirjam muhokama qilamiz.

DR - Muvaffaqiyat yo'lidagi ishonchli hamkoringiz!

Address

Fergana
150100

Opening Hours

Monday 09:00 - 19:00
Tuesday 09:00 - 19:00
Wednesday 09:00 - 19:00
Thursday 09:00 - 19:00
Friday 09:00 - 19:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998999990362

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when DR Marketing Agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to DR Marketing Agentligi:

Share