murodxoja.e

murodxoja.e SMM mutaxassis, TikTok prodyusser va shaxsiy brend bo'yicha mutaxassis. Menga ishonishgan MFaktor, Jahongir Latipov, Meraki agency

Ko‘pchilik bizneslarda savdo tizimi yo‘q.Shunchaki “Iroda degan qiz” yoki “Otabek degan bola” savdo qilyapti.Lekin tizim...
24/04/2025

Ko‘pchilik bizneslarda savdo tizimi yo‘q.
Shunchaki “Iroda degan qiz” yoki “Otabek degan bola” savdo qilyapti.
Lekin tizim — odam emas. Tizim — takrorlanuvchi natija.

Reklama bilan kelgan lead aslida sinov:
— Siz darhol javob bera olasizmi?
— Har bir xodim bir xil standartda ishlayaptimi?
— CRM’dagi yo‘l xaritasi bormi?

📌 Reklama natijani bermayapti degan fikr — ko‘pincha noto‘g‘ri.
Raqamlar aybdor emas. Tizim yo‘q.

📩 Agar buni aniq bilmoqchi bo‘lsangiz — “audit” deb yozing.
Men raqamlarga qarab sizga nima ishlayapti, nima ishlamayapti — ko‘rsatib beraman.

🎯 Ko‘pchilik tadbirkorlar hali ham o‘z nomiga reklama akkaunti ochmagan.Reklamani targetolog akkauntida yuritish — eng k...
21/04/2025

🎯 Ko‘pchilik tadbirkorlar hali ham o‘z nomiga reklama akkaunti ochmagan.
Reklamani targetolog akkauntida yuritish — eng katta xatolardan biri.

📉 Nima bo‘ladi agar targetolog ketib qolsa?
— Reklama tarixi yo‘qoladi
— Facebook sizga bergan $1000+ limit ketadi
— O‘zingizga tegishli bo‘lgan kampaniyalarni qayta ishlatolmaysiz

✅ YECHIM: O‘Z nomingizda Business Manager oching.
Bu sizga: • Facebook ishonchini
• Katta limitlar
• Barqaror reklama olib keladi

📩 “Reklama akkaunti” deb yozing — sizga BEPUL video darslik beraman.

Ustozdan juda ko'p naslarni o'rganganmanTanishtiraman  bu inson mening ustozim Alisher Isaev bo'ladi. Shu paytgacha Dena...
26/07/2021

Ustozdan juda ko'p naslarni o'rganganman

Tanishtiraman bu inson mening ustozim Alisher Isaev bo'ladi. Shu paytgacha Dena, Proctale&gamble, TPS, SAP, Balton Trade kabi kompaniyalarda ishlaganlar.

Hozirda u insonning shaxsiy brendlarini rivojlanishiga yordamlashish uchun jamoa a'zolariga qo'shilish nasib etgan.

Bu inson haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz MFaktorning "Top manager" hamda YouTube'dagi Alisher Isaev sahifalarini kuzatishni tavsiya qilaman.

P. S. Ustozimdan biznesda faqat raqamlar bilan gaplashish kerakligini tushunganm!

Energiyasi to'la yigitJahongir Pulatov har doim meni o'z qiladigan ishlari bilan lol qoldirib kelgan. Doimiy sport bilan...
20/04/2021

Energiyasi to'la yigit

Jahongir Pulatov har doim meni o'z qiladigan ishlari bilan lol qoldirib kelgan. Doimiy sport bilan shug'ullanishi, kitob o'qishi, bir necha bizneslarini muvaffaqiyatli boshqarishi, vaqtida ishlarni bajarishi va biznes treninglarga qatnashishni bir vaqtda olib borishi haqiqatdan ham hayratlanarli.

Havas qilishga arziydigan inson. Hali bu ishlarining boshlanishi.

P. S. MFaktordagi tadbirda tushgan rasmim. Arxiv.

Siz vaqtingizdan unumli foydalanasizmi?

Ustozlarim bilan uchrashish davom etmoqdaShahboz Dolimov (Shaha) ustozim bilan ajoyib suhbat qurib esdalik uchun ham sur...
04/04/2021

Ustozlarim bilan uchrashish davom etmoqda

Shahboz Dolimov (Shaha) ustozim bilan ajoyib suhbat qurib esdalik uchun ham suratga tushishga ham ulgurdim.

Ustoz Merakiga kelishlari bilan katta o'zgarishlar bo'libdi. Bu narsani ofisga kirishim bilan darhol sezdim. Meraki'da ishlaganimdan juda xursandman. Hozir bizning yo'llarimiz ajralgan bo'lsa ham (Bu haqida alohida post qilaman).

P. S. Hozirda jamoa bilan katta loyiha ustida ishlayapmiz. Bizga hozirda yaxshi grafik dizayner kerak. Oylik boshlanishiga 200$-400$ gacha.

Ishdan tez charchash doim ham ishdan emasmi?Ha. Doim ham ishdan odam charchamas balkim bunga boshqa omillari ta'sir qila...
20/03/2021

Ishdan tez charchash doim ham ishdan emasmi?

Ha. Doim ham ishdan odam charchamas balkim bunga boshqa omillari ta'sir qilar ekan. Tashqi ta'sirlarga e'tiborli bo'lishingiz kerak. Chunki menda shunday holat bo'ldi. Men karantin boshidan to shu yil fevral oyi oxiriga qadar o'zimga noqulay bo'lgan stulda o'tirib ishlaganim uchun doim tez charchar va ishdan ko'nglim tez sovir edi.

Bu holatda men charchoqni ishdan deb o'ylagan edim. Ammo o'rindig'imni o'zgartirganimdan keyin ishga mehrim yana ham oshib ko'proq vaqtimni ish bilan o'tkazishni boshladim. Men o'z kasbimni yaxshi ko'raman!

P. S. Ishdan charchash doim ishdan bo'lavermas ekan. O'zingiz uchun qulay sharoitda ishlashingizni maslahat beraman. Shaxsiy tajriba.

Sizning ish joyingiz qulaymi?

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when murodxoja.e posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to murodxoja.e:

Share