21/05/2026
Gatter — o‘z mavqeyiga ega distribyutsiya bozorida hammasi allaqachon taqsimlanib bo‘lgandek tuyuladigan muhitda paydo bo‘lgan yosh kompaniya. Biz rebrending orqali Gatterni mustaqil o‘yinchi: boshqalar yaratgan tizimga moslashib ishlaydigan emas, balki o‘z yo‘lini o‘zi quradigan chellenjer sifatida namoyon qildik.
Asosiy metafora. Nemis tilidan Gatter so‘zi “darvoza” ma’nosini anglatadi. Biz uchun esa bu — bozorga, natijaga va o‘sishga olib kirish nuqtasi. Brendning mohiyati ham aynan shunda: yo‘l biz orqali, shu yerda boshlanadi. Biz hamkorlar uchun bozorni, brendlar uchun masshtabni, jamoa uchun esa rivojlanish imkoniyatlarini ochib beramiz.
Brendning maqsadi. Samaradorlik, hamkorlik va o‘sish orqali O‘zbekiston distribyutsiya bozorini rivojlantirib, ambitsiyali insonlarni birlashtirgan holda soha lideriga aylanish.
Aniq mohiyatni anglash. Qabul qilinganiga qaraganda ko‘prog‘ini bajarish. Raqobatchilar hajm, tajriba yoki logistika haqida gapirishadi. Biz esa ishlash uslubimiz va uning aniq natijalari haqida gapiramiz.
Brend qadriyatlari:
— Samaradorlik — har bir harakat natijaga qo‘shgan haqiqiy hissasi orqali baholanadi
— Jasorat — boshqalar voz kechgan vazifalarni ham o‘z zimmamizga olamiz
— Mas’uliyat — har bir majburiyatni oxirigacha yetkazamiz
— Hamkorlik — mijoz va ta’minotchilar biz uchun oddiy kontragent emas, balki hamkor
— Rivojlanish va ambitsiyalar — maqsadlarimiz har doim bozor standartlaridan yuqori
Brend xarakteri. Qat’iyatli, chidamli va natijaga yo‘naltirilgan. Oson yo‘l izlamaydi va shunchaki tomosha uchun ishlamaydi.
Asosiy g‘oyasi:
Lead. Connect. Grow.
Лидируй. Объединяй. Расти.
Yetakla. Birlashtir. O‘s.