Bahodir Abdumutalov

Bahodir Abdumutalov Shaxsiy blog

08/01/2023

Daryo senga kelmasa, sen daryoga bor!

04/01/2023

Lift balandligi - bu sizni tanimaydigan odamlar bilan tajribangiz va hisob ma'lumotlaringizni tez va samarali baham ko'rishning bir usuli.

t.me/bahodirblogi

30/11/2022

Tarbiya eng avvalo oiladan boshlanadi.

27/04/2022

Izzat Shukurov - Assalamu Alayka

Reklama beruvchilardan "reklamadan maqsad nima?" deb so'ralganda, ular shunday javob beradi.▪️Brending;▪️Nomni tanitish;...
22/04/2022

Reklama beruvchilardan "reklamadan maqsad nima?" deb so'ralganda, ular shunday javob beradi.
▪️Brending;
▪️Nomni tanitish;
▪️Sotuv;
▪️ Odamlarga kompaniya yoki xizmat haqida ma'lumot berish va hokazo.

Bu maqsadlar bir biridan farq qiladi. Bir reklama orqali esa bularning hammasiga erishish imkonsiz. Bu maqsadlarning barini o'zida jamlagan reklama esa ko'zlangan maqsadga olib bormaydi. Nari borsa sarflangan harajatni qoplashi mumkin.

Eng avvalo aniq maqsadni aniqlash kerak. Buning uchun esa ikkita asosiy savollarga javob topishimiz lozim.

▪️Reklamadan maqsad nima?
▪️Reklamaning asosiy nishoni nimaga(qayerga) qaratilgan?

Aniq maqsad bilan berilgan reklama o'z egasiga anchayin manfaatli bo'ladi.

20/04/2022

Istaymizmi, istamaymizmi, atrofimizdagi insonlarning hayotimizga ta'siri juda katta bo'ladi...

14/04/2022

"Ilojsiz, juda qiyin vaziyatlarda yashab qolish uchun sizga Gran pri haydovchisining chaqqonligi, Gerkulesning bilaklari, Enshteynning miyasi emas, shunchaki nima qilishni bilish kerak holos".

Entoni Grinbank (Yashab Qolish Kitobi)

14/04/2022

Men sizlarga hayotingizda uchratgan eng oddiy va jargonlardan xoli marketing haqidagi ta'rifni aytaman:
Agar sizning shahringizga sirkchilar kelayotgan bo'lsa va siz "Shanba kuni ko'rgazmalar maydonida sirk bo'lib o'tadi" deb e'lon bersangiz, bu - reklama
Agar siz katta filning orqasiga o'sha yozuvni yopishtirib butun shahar bo'ylab aylantirib yursangiz, bu - promoushen.
Agar fil shahar hokimining gulbog'idan o'tib bog'ni payhon qilsa va bu haqida mahalliy nashrlar yozib chiqsa, bu - ommalashtirish.
Agar hokim bu jarayonni bilib qolib, xazilga olib ketsa yoki boshqacha munosabat bildirsa, bu - jamoatchilik bilan aloqa/ PR
Agar shahar aholisi sirkka borsa, siz ularga ko'ngilochar ko'chma do'konlarni ko'rsatsangiz, ular shu do'konchalarda pul sarflab vaqtini juda maroqli o'tkazishi mumkinligini tushuntirsangiz, savollariga javob bersangiz va oxir-oqibat, ular sirkda juda ko'p pul sarflasa, bu - sotuv

Agar yuqoridagilarni barchasini rejalashtirsangiz, bu - marketing.

Allan Dib (Bir Varoqli Marketing)

30/03/2022

Men o'zbek tiliga tarjima qilinishini kutayotgan kitoblarim:
1. Seth Godin - "This is Marketing"
2. Lee Kuan Yew - "From Third World to First"(ruscha variantini o'qiganmanu, hazm qilolmagan jumlalarim ko'p)
3. Seth Godin - "Purple cow"
4. Al Reis - "The 22 Immutable Laws of Marketing"
Biror kim tarjima qilib qolar...

Address

Chilonzor
Tashkent
100000

Telephone

+998993028998

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bahodir Abdumutalov posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Bahodir Abdumutalov:

Share